Grandstream GRP2601P telefon apparatini qanday sozlash mumkin?

Ushbu maqolada Grandstream GRP2601P qurilmasini sozlash va ishga tayyorlash bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. GRP turkumidagi boshqa modellarda ham sozlash jarayonidagi farqlar ko’p emas, shu yo‘l bilan sozlashingiz mumkin.

  1. Qurilmani ishga tushirish
    1.1 Qurilmaning barcha komplekt qismlarini (kabellar, go‘shak) ulang.
    1.2 Telefonni elektr manbaiga ulang.
    1.3 Ethernet kabeli orqali telefonni internet tarmog‘iga ulang.
    1.4 Qurilmani yoqing.
  2. Sozlashga tayyorgarlik
    Sozlashdan oldin quyidagilar tayyor ekanini tekshiring:
  • Telefon IP‑manzili
  • Veb‑interfeysga kirish
  • SIP‑hisob ma’lumotlari
  1. IP‑manzilni olish 3.1 Telefoningizda “OK” tugmasini bosing. Menudan Status / Network status / Ethernet ga o‘ting.
    IPv4 satrida (odatda 192.168.0.XXX ko’rinishida bo’ladi) telefon IP‑manzili ko‘rinadi.
  2. Veb-interfeys orqali telefon sozlamalariga kirish
    4.1 Brauzer qidiruv satriga telefon IP‑manzilini kiriting.
    4.2 Kirish uchun standart hisob ma’lumotlari:
    Login: admin
    Parol: orqa panel yorlig‘idagi “Password”. Agar mos kelmasa: admin yoki admin123

Agar qurilmani birinchi marta sozlayotgan bo‘lsangiz — 5‑bosqichga o‘ting. Agar avval ishlagan telefonda qayta sozlash amalga oshirilayotgan bo’lsa, zavod sozlamalariga qaytarishni tavsiya qilamiz: Buning uchun Обслуживание / Обновление и подготовка к работе bo‘limiga o‘ting, Расширенные настройки ni tanlang, “Сброс настроек” parametri qarshisida “Начать” tugmasini bosing.

Amalni tasdiqlang va telefon qayta yuklanguncha kuting.

  1. Hisobni sozlash
    5.1 Hisob qaydnomasi sozlamalarini o‘rnatish uchun “Учетные записи” bo‘limiga o‘ting,  “Учетная запись 1” (yoki bir nechta hisob qaydnomalarini sozlamoqchi bo‘lsangiz, boshqasini) tanlang va “Общее” bo‘limini oching.
    5.2 Hisob qaydnomasini yoqish uchun “Аккаунт активен” parametri qarshisiga belgi qo‘ying.
    5.3 Maydonlarni to‘ldiring:
    Имя аккаунта: SIP-hisob qaydnomangizning loginini kiriting.
    SIP-сервер: UTeL shaxsiy kabinetingizning IP-manzili yoki domen nomini kiriting.
    SIP User ID: SIP-hisob qaydnomangizning loginini kiriting.
    Аутентификационный ID: SIP-hisob qaydnomangizning loginini kiriting.
    Пароль: SIP-hisob qaydnomangizning parolini kiriting.

Сохранить” tugmasini bosing.

5.4 “Настройки SIP” bo‘limiga o’ting.
5.5 “Истечение регистрации” parametridagi 60 minut o‘rniga 10 qilib o’zgartiring.
5.6 “Использовать заголовок X‑Grandstream‑PBX” parametriga belgi qo‘ying.
5.7 “Использовать заголовок P‑Access‑Network Info” parametriga belgi qo‘ying.
5.8 “Использовать заголовок P‑Emergency‑Info” parametriga belgi qo‘ying.
5.9 “Транспорт SIP”: UDP holatiga o’zgartiring.
5.10 “Сохранить” tugmasini bosing.
5.11 Hisob qaydnomangiz sozlamalarida  “Настройки кодека” bo‘limiga o‘ting.
5.12 “Выбранные” ro‘yxatida faqat PCMA va PCMU ni qoldiring.
5.13 “Сохранить и применить” tugmasini bosing.

  1. Ro‘yxatdan o‘tishni tekshirish
    6.1 "Состояние/Состояние учетной записи" bo‘limiga o‘ting va hisob qaydnomangiz muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganiga ishonch hosil qiling. "Аккаунт 1" yozuvi oldidagi yashil indikator, hisob qaydnomasining xatolarsiz ro‘yxatdan o‘tganini va serverga ulanganini bildiradi.

Ushbu bosqichlar dasturiy ta'minotimiz bilan ishlash uchun yetarli, ammo serveringizning individual xususiyatlariga qarab qo‘shimcha o‘zgarishlar talab qilinishi mumkin.

  1. Sinov
    Qo‘ng‘iroqlar ishlayotganini tekshirish uchun bir telefondan boshqasiga qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring.
  2. Xulosa
    Ushbu qadamlar Grandstream GRP2601P telefonini UTeL bilan ishlashga sozlashda sizga yordam berishi kerak. Agar sozlashning biron bosqichida muammoga duch kelsangiz, quyidagi ma’lumotlar bilan tanishing yoki 555085511 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling, yoki Telegram’dagi @utelsupport orqali bizning texnik yordam xizmatimizga murojaat qiling.

Telefonni sozlash jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari#

Telefon IP‑manzil olmayapti:

  • Tarmog‘ingizda DHCP-server to‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Odatda, bu funksiyani router bajaradi. 
  • Agar tarmoqqa statik IP-sozlamasi o‘rnatilgan bo‘lsa, to‘g‘ri IP manzil, gateway va subnet mask’ni olish uchun tizim administratoriga murojaat qiling.
  • Muhim: agar internetni kompyuteringizga ulab, undan telefon uchun internet uzatayotgan bo‘lsangiz, bu usul ishlamasligi mumkin — aksariyat kompyuterlar DHCP-server sifatida ishlay olmaydi. Bunday holatda telefonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri routerga ulang, kompyuterni esa telefonning orqa porti orqali ulang.

Telefon 0.0.0.0 IP‑manzilini ko‘rsatadi:
Bu quyidagilarga ishora qilishi mumkin: 

  • switch yoki DHCP-serverning noto‘g‘ri ishlashi; 
  • IP-manzillar to‘qnashuvi; 
  • telefonning uzoq vaqt davomida qayta yuklanmasdan ishlatilishi. 

Yechim: router va telefonning o‘zini qayta yuklang.

Telefonning veb-interfeysiga kira olmaslik 

  • Qurilmangiz telefon bilan bir internet tarmog‘iga ulanganligiga ishonch hosil qiling. 
  • Brauzerning qidiruv satriga IP-manzilni to‘g‘ri kiritganingizni tekshiring. 

Telefon ro‘yxatdan o‘tgan, lekin kiruvchi/chiquvchi qo‘ng‘iroqlar ishlamsligi

  • Ulangan foydalanuvchiga kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga ruxsat berilganligiga ishonch hosil qiling. 
  • Telefonda DND (Do Not Disturb / Bezovta qilmaslik) rejimi yoqilmaganligini tekshiring. 

Telefonning ro‘yxatdan o‘tmasligi 

  • Agar telefon ro‘yxatdan o‘tishda ulanish xatosini ko‘rsatsa, SIP-server manzili, login, parol, transport yoki port to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tekshiring.
#settings#settings--users
Chop etilgan sana:   05.05.2025Muharrir:   Iqboljon Anvarjonov