UTeL nima?
UTeL — bu biznes telefoniyasini tashkil etishga mo‘ljallangan kompleks dasturiy ta’minot bo‘lib, telefon aloqalarini soddalashtirish va yaxshilash, shuningdek, xizmat sifatini oshirish uchun ishlab chiqilgan. Dasturiy tizimimizning asosi — bu ishonchli dasturiy kod va 99% darajadagi texnik uzilishga bardoshlilikdir.
Tizim virtual server uskunasida ishlaydi, bu sizga istalgan vaqtda aloqa va qo‘ng‘iroqlar tarixiga kirish imkonini beradi va aloqa ofis ichida tashkil etilgan holatlardagi kabi texnik nosozliklar, elektr uzilishi yoki ofisdagi tizim administratoriga muhtoj bo‘lmasligingizni ta'minlaydi. Har bir mijozga alohida virtual server ajratiladi — bu sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaydi. So‘nggi telekommunikatsiya texnologiyalaridan biri bo‘lgan VoIP texnologiyasining qo‘llanilishi tizimni zamonaviy va barcha texnik talab hamda standartlarga mos qiladi.
IP-telefoniya bilan ishlashning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
- koll-markaz faoliyatini avtomatlashtirish
- qo‘ng‘iroqlar soni bo‘yicha hisobotlar
- xodimlaringiz ishining o‘rtacha ko‘rsatkichlari
- qo‘ng‘iroqlar tarixi va yozuvlarini saqlash
- butun infratuzilmani “Bulut” texnologiyasiga o‘tkazish
- CRM tizimlari bilan integratsiya
Agar sizda servisimiz ishlashi yoki imkoniyatlari bo‘yicha savollar bo‘lsa, bizga (55)508-55-11 telefon raqami orqali bog’laning yoki Telegramdagi @utelsupport manziliga yozing.