Telefoniya uchun texnik topshiriq tuzish
Texnik topshiriq (Техническое задание) — bu texnik hujjat bo‘lib, unda mahsulotni ulash va sozlash jarayonlari, unga qo‘yiladigan talablar va individual xususiyatlar bayon qilinadi. Texnik topshiriq yordamida yakuniy natija qanday bo‘lishi kerakligi aniq ko‘rsatiladi.
Bu hujjat bajaruvchi (ijrochi) uchun ish bajarish asosini, buyurtmachi (mijoz) uchun esa natijani qabul qilish mezonini belgilaydi.
Quyida mahsulotga qo‘yiladigan talablarni tushunarli va tartibli ko‘rinishda ifodalashga yordam beradigan asosiy bo‘limlar keltirilgan:
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar ssenariylari#
Ushbu bo‘lim koll-markaz ishini samarali tashkil qilish, xizmat sifatini oshirish va mijoz murojaatlarining yo‘qolishining oldini olish imkonini beradi. Siz quyidagi funksiyalarni belgilashingiz mumkin:
1.1 Vaqt bo'yicha tekshirish — Kompaniyangiz ishlaydigan soatlarni va ish vaqti hamda undan tashqaridagi qo‘ng‘iroqlar bilan nima sodir bo'lishi kerakligini ko‘rsating.
1.2 IVR (Ovozli menyu) — Bu funksiyada mijozni tabriklovchi audioxabar eshittiriladi va kerakli til, bo‘lim yoki boshqa yo‘nalishni tanlash imkoniyati beriladi.
1.3 Tashqi raqamlar bo‘yicha taqsimot — Har bir raqam uchun alohida qo‘ng‘iroq ssenariylari yaratilishi mumkin.
1.4 Xodimlar bo‘yicha taqsimlash
Quyidagi sxemalar mavjud:
- Bitta operator (masalan, administrator)
- Xodimlar guruhi (qo‘ng‘iroq bir vaqtda barcha mavjud operatorlarga uzatiladi)
- Navbat (qo‘ng‘iroqlar ketma-ketlikda taqsimlanadi)
- CRM’dagi mas’ul xodim (qo‘ng‘iroq kontakt uchun mas’ul operatorga yuboriladi)
1.5 Qayta yo‘naltirish (Переадресация) — Agar hech kim javob bermasa yoki qo‘ng‘iroq ish vaqtidan tashqarida tushsa, u mobil raqamga yoki boshqa ko‘rsatilgan yo‘nalishga qayta yo‘naltiriladi.
Chiquvchi qo‘ng‘iroqlar ssenariylari#
Ushbu bo‘limda xodimga aniq bir raqam biriktirish yoki agar kerak bo‘lsa, chiqish qo‘ng‘iroqlarini o‘chirish imkoniyati belgilanadi.
CRM yoki boshqa tizimlar bilan integratsiya#
Agar telefoniyani CRM yoki boshqa platforma bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lsa:
- Tizim nomini yozing
- Siz kutayotgan natijani tushuntiring (masalan, mijoz kartasining ochilishi, CRM’ga qo‘ng‘iroq yozuvi yuklanishi, avtomatik vazifa yaratish va h.k.)
Individual xususiyatlar#
Agar sizda yuqorida ko‘rsatilmagan o‘ziga xos talablar yoki ssenariylar bo‘lsa — ularni alohida bayon qiling.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
- Agar siz salomlashuv audio yozuvlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz — ularni oldindan tayyorlab bering.
- Texnik topshiriq, agar undagi ishlar texnik yoki boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra bajarib bo‘lmaydigan bo‘lsa, ijrochi tomonidan kelishuv bosqichidayoq rad etilishi mumkin.
- Individual qo‘shimchalar alohida to‘lov asosida bajarilishi yoki keyinchalik asosiy versiya yangilanishlariga kiritilishi mumkin.