Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinetga kirish mumkin?

Hisob yaratish va shaxsiy kabinetga kirish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:

Ro‘yxatdan o‘tish#

utel.uz saytiga o‘ting va ekraning yuqori o‘ng burchagida joylashgan “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.

Formani to‘ldirish#

Ochilgan oynada ismingiz, telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz va parolingizni kiriting, so‘ng “Jo’natish” tugmasini bosing.
Muhim: Shaxsiy kabinetga kirish uchun havola siz ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yuboriladi. Iltimos, haqiqiy va ishlaydigan elektron pochta manzilini kiriting.

Ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash#

Ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan elektron pochtangizni oching. Unda shaxsiy kabinetga o‘tish va ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash uchun havola bo‘lgan xabar bo‘ladi. Ushbu havola orqali o‘tib, ro‘yxatdan o‘tishni yakunlang.

Agar siz xatni olmagan bo‘lsangiz:

  • Sahifani yangilang va “Spam” papkasini tekshiring.
  • Hali ham xat kelmagan bo‘lsa, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (55)508-55-11 telefon raqami yoki @utelsupport Telegram orqali murojaat qiling.

Shaxsiy kabinetdan chiqib ketganingizdan so‘ng, qayta kirish uchun yana utel.uz saytiga o‘ting va “Kirish” tugmasini bosing.
Elektron pochta manzilingiz va parolingizni kiriting, va muvoffaqiyatli avtorizatsiyadan so‘ng siz tizimning bosh sahifasiga o‘tasiz.

#for-business-owners#for-business-owners-intro
Chop etilgan sana:   05.05.2025Muharrir:   Iqboljon Anvarjonov