Qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish va qayta yo‘naltirish o‘rtasidagi farq
Qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish — bu shunday funksiyaki, faol qo‘ng‘iroqni boshqa xodim yoki kompaniyangizdagi boshqa ichki raqamga uzatish imkonini beradi. Bu mijozlarning ehtiyojlariga eng mos bo‘lgan shaxs yoki bo‘lim bilan ulanishini ta'minlaydi.
Misol: Mijoz texnik yordam xizmatingizga qo‘ng‘iroq qiladi va operator bilan suhbatlashadi. Operator mijozga yordam kerak bo‘lgan muammo bo‘yicha yordamni boshqa bo‘lim bera olishini tushunadi. Operator qo‘ng‘iroqni texnik yordam bo‘yicha mutaxassisga yo‘naltirish uchun qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish funksiyasidan foydalanadi, chunki aynan u mijozga ko‘proq yordam bera oladi.
Qo‘ng‘iroqni qayta yo‘naltirish (переадресация) — bu kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni muqobil raqamga avtomatik tarzda uzatish funksiyasi bo‘lib, qo'ng'iroqlar javobsiz qolmasligini ta’minlaydi. Asosiy liniyada qo‘ng‘iroqlarga javob bera olmasangiz ham, muhim qo‘ng‘iroqlarni o‘tkazib yubormasligingizni kafolatlaydi.
Misol: Siz ofisdan tashqaridasiz va ish telefoningizga kelgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qila olmaysiz.
Siz ofis raqamingizga keladigan barcha qo‘ng‘iroqlarni mobil telefoningizga qayta yo‘naltirib (переадресация) qo‘ysangiz bo'ladi.
Bu sizga yuborilgan muhim qo‘ng‘iroqlarni yo‘qotmasligingizni kafolatlaydi.