Qanday qilib bank rekvizitlarini o‘zgartirish mumkin?

Bank rekvizitlarini o‘zgartirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  1. Profil / Umumiy ma’lumotlar bo‘limiga o‘ting.
  2. Ochilgan sahifaning yuqori qismida Kompaniya nomi, Shaxar, Telefon raqami va boshqa aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan Umumiy ma’lumotlar blokini ko‘rasiz.
  3. Sahifani past qismiga tushib, ikkinchi blokdagi Rekvizitlar bo‘limiga o‘ting.
  4. Bu yerda yangi Bank nomini, uning STIR (INN), MFO va Hisob raqamini kiriting.
  5. O‘zgartirishlardan so‘ng “Saqlash” tugmasini bosing.

To‘lovlar vaqtida kechikishlar yoki xatoliklarning oldini olish uchun barcha ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qiling.

#for-business-owners#for-business-owners--billing
Chop etilgan sana:   22.04.2025Muharrir:   Iqboljon Anvarjonov