Tashqi raqam 'Faol' turibdi, lekin kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar ishlamayapti, nima qilishim kerak?

Ba’zida koll-markaz faoliyatida xodimlar chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirolmaydigan holatlar yuzaga keladi. Ba’zida kirish qo‘ng‘iroqlari ham bo‘lmaydi. Bu kamdan-kam bo‘lsa-da, xizmat sifati pasayishiga va ko‘proq qo‘ng‘iroqlarning o‘tkazib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Bunga odatda quyidagilar sabab bo‘ladi: operator qurilmasidagi tesnik yoki dasturiy nosozlik, serverga ulanishdagi muammo yoki uning sozlamalaridagi o‘zgarishlar, yoki aloqa xizmatlari uchun qarzdorlik tufayli raqamning o‘chirilgani.

Birinchi navbatda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan narsa – kirish qo‘ng‘iroqlari nechta operatorga kelmayapti: hammasiga yoki faqat ayrimlariga.

Muammo faqat bitta yoki bir nechta operatorda bo'lsa#

Quyidagilarni tekshiring:

  1. Ulanish holati – operator "Faol" holatida bo‘lishi kerak.
  2. DND (Do Not Disturb / Bezovta qilmang) rejimi o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
  3. Operator kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qiluvchilar ro‘yxatida bo‘lishi kerak.

"Bezovta qilmang" rejimini o‘chirish, internetga qayta ulanish yoki qo‘ng‘iroqlar qurilmasini qayta yuklash – ko‘p hollarda muammoni bartaraf etadi.


Muammo barcha operatorlarda bo'lsa#

Bu holatda quyidagilarni tekshirib chiqing:

  1. Internet ishlayaptimi – bir nechta saytlarni ochib ko‘ring.
  2. Telefoniyaga xizmat ko‘rsatuvchi server ishlayaptimi – shaxsiy kabinetga kirib ko‘ring yoki ping buyrug‘i orqali tekshiring.
  3. Bir nechta ichki raqamlar orasida qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring (masalan, 100 dan 102 ga).

Agar barcha operatorlar faol bo‘lsa va ichki raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilish va qabul qilish mumkin bo‘lsa – server va tarmoqqa ulanishda muammo yo‘q.


Agar muammo faqat tashqi raqam orqali kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlarida bo‘lsa – raqam operator tomonidan qarzdorlik sababli bloklangan bo'lishi mumkin. Tafsilotlarni aniqlashtirish uchun aloqa operatori bilan bog‘lanishni tavsiya qilamiz.


Agar yuqoridagi choralarning hech biri yordam bermasa – biz bilan (55)508-55-11 raqami orqali yoki Telegramdagi @utelsupport orqali bog‘laning.

#FAQ
Chop etilgan sana:   19.04.2025Muharrir:   Iqboljon Anvarjonov