To‘lov ma’lumotlarimni qanday tekshirishim/yangilashim mumkin?
Toʻlov maʼlumotlaringiz va unga aloqador barcha maʼlumotlarni shaxsiy hisobingizdagi “Profil” bo‘limida boshqarishingiz mumkin. Ushbu bo‘limda to‘rtta ichki bo‘lim mavjud bo‘lib, har biri to‘lov va xizmatlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan.
Umumiy ma’lumot#
Bu bo‘limda quyidagilar mavjud:
- Kompaniyangizning aloqa ma’lumotlari
- To‘lov uchun bank rekvizitlari
Agar bank rekvizitlari o‘zgargan bo‘lsa, ularni mustaqil ravishda yangilashingiz mumkin. Bu hisob-faktura chiqarishdagi xatoliklar va to‘lov kechikishlarining oldini oladi.
To’lov va xizmatlar#
Bu bo’limda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- Sizning joriy tarifingiz va uning amal qilish muddati
- Faol foydalanuvchilar soni
- Hisobingiz balansi
- To‘lovlar tarixi
Ushbu bo‘limda balansni to‘ldirish yoki tarif rejasini o‘zgartirish mumkin.
Shu bilan birga, buxgalteriya va ichki hisob uchun qulay bo‘lgan to‘lovlar tarixini to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Tariflar tarixi#
Bu bo‘limda barcha tarif rejasi o‘zgarishlari ko‘rsatiladi:
- Qachon va qancha muddatga o‘tilgan
- Tarifning muddati va amaldagi holati
Xizmatdan foydalanish dinamikasini kuzatish va kerak bo‘lsa, avvalgi shartlarga qaytish imkonini beradi.
Xizmatlar tarixi#
Agar siz qo‘shimcha xizmatlar ulasangiz, ular shu bo'limda qayd etiladi. Siz quyidagilarni ko‘rishingiz mumkin:
- Ulangan qo‘shimcha xizmatlarning nomi
- Narxi
- Faollashtirilgan sana va joriy holati
Barcha o‘zgarishlarni o‘zingiz mustaqil kiritishingiz mumkin. Bu qulay, tezkor va texnik xizmatga murojaat qilish zaruratini kamaytiradi.
Agar siz «Profil» bo‘limi bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelsangiz yoki qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, biz bilan (55)508-55-11 raqami yoki Telegramda @utelsupport orqali bog‘laning.