Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinetga kirish mumkin?
Hisob yaratish va shaxsiy kabinetga kirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Ro‘yxatdan o‘tish#
utel.uz saytiga o‘ting va sahifaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing.

Formani to‘ldirish#
Ochilgan oynada ismingiz, telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz va parolingizni kiriting, so‘ngra "Jo'natish" tugmasini bosing.
Muhim: Shaxsiy kabinetga kirish uchun havola siz ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yuboriladi. Iltimos, ishlaydigan pochta manzilini kiriting.

Ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash#
Ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan elektron pochtangizga oching. U yerda ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash va shaxsiy kabinetga o‘tish havolasi bo‘lgan xabar bo‘ladi. Havolani bosish orqali ro‘yxatdan o‘tishni yakunlang.
Agar xabarni olmagan bo‘lsangiz:
- Sahifani yangilang va "Spam" papkasini tekshiring.
- Hali ham xabar kelmagan bo‘lsa, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (55)508-55-11 telefon raqami yoki Telegramda @utelsupport orqali murojaat qiling.
Shaxsiy kabinetdan chiqib ketganingizdan so‘ng, qayta kirish uchun utel.uz saytiga o‘ting va «Kirish» tugmasini bosing.
Elektron pochta va parolingizni kiriting. Agar ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, shaxsiy kabinetning asosiy sahifasiga yo‘naltirilasiz.
