Dashbord
Dashbord – bu real vaqt rejimida qo‘ng‘iroqlar soni, faol suhbatlar, foydalanuvchi va raqam holatini ko‘rsatuvchi asosiy monitoring paneli.

Qo‘ng‘iroqlar statistikasi#
Ekranning yuqori qismida barcha kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va ularning holati ko‘rsatiladi (xodimlar orasidagi ichki qo‘ng‘iroqlar hisobga olinmaydi)
- Muvaffaqiyatli(kiruvchi qo’ng’iroq) – operatorlar javob bergan kiruvchi qo‘ng‘iroqlar.
- O‘tkazib yuborilgan – operatorlar javob bermagan qo‘ng‘iroqlar.
- Muvaffaqiyatli(chiquvchi qo’ng’iroq) – mijoz javob bergan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar.
- Ulanib bo‘lmagan – mijoz javob bermagan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar.

Sana bo‘yicha filtrlar#
Grafikda ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun to‘rtta davrni tanlashingiz mumkin:
- Bugun – joriy kun uchun qo‘ng‘iroqlar (00:00 dan 23:59 gacha).
- Kecha – kechagi kun uchun qo‘ng‘iroqlar.
- Shu hafta – dushanbadan yakshanbagacha bo‘lgan oraliqdagi qo‘ng‘iroqlar.
- Shu oy – joriy oyda 1 dan 30/31 sanagacha bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar.

Grafik#
Qo‘ng‘iroqlar dinamikasini ko‘rsatadigan grafik ko‘rinishida ma’lumotlar taqdim etiladi:

Qo‘ng‘iroqlar turi#
Yuqorida keltirilgan grafikda qaysi turdagi qo‘ng‘iroqlarni ko‘rsatishni tanlashingiz mumkin.

Faol qo‘ng‘iroqlar#
Bu qismda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan qo‘ng‘iroqlar ko‘rsatiladi:
- Hozirda operatorlar tomonidan qayta ishlanayotgan qo‘ng‘iroqlar..
- Mijoz yoki operatorning javobini kutayotgan qo‘ng‘iroqlar.

Operatorlar va raqamlar holati#
Bu qismda operatorlar va tashqi raqamlar holatining o‘zgarishi ko‘rsatiladi:
- Operatorlar 4 xil holatda bo‘lishi mumkin: «Faol», «Nofaol», «Qo’ng’iroq», «Suhbat».
- Tashqi raqamlar 2 xil holatda bo‘lishi mumkin: «Faol» yoki «Nofaol».

Natijasiz qidiruv